O‘zbekiston | 08:22 / 23.08.2021
6197
2 daqiqa o‘qiladi

Vazirlar Mahkamasining bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining funksional bo‘limlari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat Prezidentning "Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" 2021 yil 10 iyundagi PQ-5143-son qarori qoidalari ijrosi yuzasidan qabul qilingan. Ushbu hujjat bilan Vazirlar Mahkamasiga shtat jadvaliga va Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi apparatining tegishli tuzilmalari to‘g‘risidagi nizomlarga qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ularni zarur nazariy va amaliy ko‘nikmalarga hamda yuklatilgan vazifalarni professional darajada amalga oshirish qobiliyatiga ega bo‘lgan yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirish topshirilgan.

Shu munosabat bilan:

  • Nazorat va ijro intizomi bo‘limi to‘g‘risidagi nizom;
  • Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘limi to‘g‘risidagi nizom;
  • Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘limi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Bo‘limlar to‘g‘risidagi nizomlarda quyidagilar yozilgan:

  • ularning vazifalari va funksiyalari;
  • huquqlari va javobgarligi;
  • tuzilmasi;
  • faoliyatini tashkil etish;
  • tarkibiy bo‘linmalarida, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizom holatini o‘rganish tartibi va boshqa masalalar.

Hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 04.08.2021 yildan kuchga kirdi.

Mavzuga oid