12:25 / 15.06.2015
2372

Kapello Rossiya terma jamoasi boshqaruvidan ketishi haqidagi gaplarga munosabat bildirdi

Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kapello YeVRO-2016 saralashi doirasidagi Avstriyaga qarshi uchrashuvdagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin terma jamoani tark etishi mumkin borasida savollarga javob qaytardi.

«Ishdan ketish? Rahmat savolingiz uchun», deya provakatsion savolga dastlab shu tariqa munosabatda bo‘ldi Kapello.

«Menga ish beruvchilar bilan gaplashib olishim uchun hech qanday muammo yo‘q. Ular menga nimadir demoqchi bo‘lsa, men eshitishga tayyorman. Men sakkiz oydan buyon tekinga ishlab kelmoqdaman. Agar pul meni qiziqtirganida, allaqachon FIFAga bu borada arz qilgan bo‘lardim. Ammo bu Rossiya va RFI uchun hurmatsizlik bo‘lardi», — deya ta'kidladi murabbiy.

Shuningdek, Kapello o‘yindagi mag‘lubiyatga ikkala jamoa futbolchilarining o‘yin tezligidagi farq sabab bo‘lganini ham ta'kidladi.

«Rossiya chempionati tezligi bir muncha past va boshqacha, yuqori tezlikda o‘ynaydigan chempionat vakillariga qarshi to‘p surish murakkab. Bizda bu odatga aylanib qolgan. Yevropa darajasidagi yuqori tezlikka qarshi esa o‘ynash qiyin», deydi Kapello.

Top