17:10 / 18.06.2015
1974

Jibril Sisse Reyunon orollaridagi jamoa bilan shartnoma tuzdi

Fransiyalik futbolchi Jibril Sisse Reyunon orollarida joylashgan Sen-Per shahri sharafini himoya qiladigan "Jyeness" jamoasi bilan bitim tuzdi. Bu haqda u o‘z instagramida ma'lum qilgan.

U bu jamoa safida sentabr oyida 5ta o‘yinda maydonga tushishi kutilmoqda.

Yaqin o‘tmishning yulduzlaridan hisoblanuvchi 33 yoshli Sisse o‘z vaqtida "Oser" (1998-2004), "Liverpul" (2004-2006), "Marsel" (2006-2009), "Sanderlend" (2009), "Panatinaikos" (2009-2011), "Latsio" (2011-2012), KPR (2012-2013), "Al-Garafa" (2013), "Kuban" (2013) jamoalarida to‘p surgan.

Oxirgi ikki mavsumni esa Fransiyaning "Bastiya" jamoasida o‘tkazgan.

Shuningdek u turli yillarda Fransiya terma jamoasining turli yoshlardagi tarkiblarida o‘ynagan.

Top