11:39 / 19.06.2015
1599

Samsung va LG smartfonlarga ko‘z to‘rpardasini tanishni o‘rgatmoqchi

Koreyaning Samsung va LG kompaniyalari o‘z smartfonlariga foydalanuvchini ko‘z to‘rpardasidan tanish funksiyasini joriy qilish borasida ish olib bormoqda. Bu haqda GSMArena portali xabar bermoqda.

Uskunalarni ko‘z identifikatsiyasi yordamida bloklash va blokdan chiqarish tizimini yaratish bo‘yicha ishlar muvaffaqiyatli ketmoqda, bu funksiya 2016 yilgi smartfonlarda bo‘ladi, deb yoziladi mahalliy matbuotda.

Bunday funksiya ayrim boshqa kompaniyalar mahsulotlarida allaqachon joriy qilingan. Jumladan, Fujitsu kompaniyasining yangi Arrows NX F-04G smartfonlarida bu funksiya mavjud, ammo u faqat Yaponiya bozori uchun chiqarilgan.

Top