17:52 / 28.06.2015
3007

Paragvayning Braziliya darvozasiga urilgan g‘alaba goli muallifining amakisi o‘yindan keyin yurak xurujidan vafot etdi

Futbol bo‘yicha Paragvay milliy terma jamoasi hujumchisi Derlis Gonsalesning amakisi jiyanining tantanasidan keyin yurak xurujidan vafot etdi.

“Bazel” va Paragvay termasi futbolchisi Derlis Gonsales Amerika Kubogi musobaqasining favoritlaridan biri Braziliyaga qarshi chorak final uchrashuvining qahramoniga aylandi. O‘yin dastlab "Braziliyaliklar ssenariysi" bo‘yicha o‘tayotgan edi. Uchrashuvning 15-daqiqasida braziyalik futbolchi Robino hisobni ochdi.

Biroq 72-daqiqada braziliyaliklar himoyachisi Tyago Silva o‘z jarima maydonida qo‘li bilan o‘ynagandan keyin Gonsales 11 metrlik jarima to‘pini muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirdi. Uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 durang hisobi bilan yakunlangandan keyin, g‘olib o‘yindan keyingi penaltilar seriyasida aniqlanadigan bo‘ldi. 21 yoshli Gonsales bu seriyada hal qiluvchi zarbani amalga oshirdi. Uning jamoasi 4:3 hisobida g‘alaba qozonib, sensatsion ravishda Braziliyani musoobaqadan chiqarib yubordi.

Biroq Gonsalesning quvonchi amakisi infraktdan vafot etgani haqidagi xabardan keyin uzoqqa cho‘zilmadi. O‘yinchining 44 yoshli amakisi Manuel Irrasabal penaltilar seriyasini tomosha qilayotganda yurak xurujiga uchrab, shifoxonaga olib borilgach, u yerda joni uzildi.

“Nima uchun bugun amaki? Nimaga? Men sizga va butun yurtimga shuncha quvonch va baxt olib kelganimda siz bizni tashlab ketdingiz. Men bunga ishona olmayman”, deb amakisining rasmini chop etgancha o‘kinch bilan yozdi tvitterda Gonsales.

Top