16:10 / 04.07.2015
2033

"Galatasaroy" Podolskining transferini e'lon qildi

"Arsenal" jamoasining germaniyalik hujumchisi Lukas Podolski keyingi mavsumda Istanbulning "Galatasaroy" jamoasida faoliyatini davom ettiradi. Bu haqda turklar jamoasining rasmiy tvitteri orqali xabar qilingan.

Ushbu hujumchi "kanonirlar"ning asosiy tarkibidan tushib qolganidan keyin o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini "Inter"da ijara asosida o‘tkazgandi.

Biroz oldinroq, "Galatasaroy" Podolski uchun "Arsenal"ga 4 mln yevro taklif qilayotgani ma'lum bo‘lgandi.

30 yoshli ushbu hujumchi 4 iyul kuni Istanbulga kelib, tibbiy ko‘rikdan o‘tishi aytilgan.

Turklar bu futbolchi bilan 4 yillik shartnoma tuzishni mo‘ljallashgan.

Ma'lumot uchun, Lukas Podolski Germaniya terma jamoasi safida 120 marta maydonga tushgan hamda 2006 va 2010 yillarda JChning bronza medallarini ko‘ksiga taqqan. 2014 yilgi Braziliya mundialida esa oltin medallarga ega bo‘lgan. U "Arsenal"ga kelishdan oldin Bundesliganing "Kyoln" va "Bavariya" jamolarida to‘p surgan.

Top