13:05 / 04.07.2015
3382

Kafu: "Raqiblar Braziliyani hurmat qilmay qo‘ydi"

Braziliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Kafu milliy terma jamoa haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Raqiblar Braziliyani hurmat qilmay qo‘ydi. Jamoa ko‘rsatayotgan futbol sababli Braziliyadan qo‘rqmay qo‘yishgan. Biz avlodlar almashinuvini o‘tkazmoqdamiz. Biroq kelajakda Braziliya jamoasi yana o‘z raqiblarini dahshatga soluvchi jamoaga aylanadi. Bizni tanqid qilayotganlar hayrat tushadi”, – dedi Kafu.

Eslatib o‘tamiz, Braziliya terma jamoasi Amerika kubogi-2015 musobaqasini 1/4 bosqichida Paragvaydan penaltilar seriyasidagi mag‘lubiyatdan so‘ng tark etdi.

 

Top