17:02 / 08.07.2015
3178

«Real» Kasilyas bilan xayrlashuv marosimini tashkil etmoqchi

Madridning «Real» klubi rahbariyati jamoa darvozaboni Iker Kasilyas bilan rasmiy xayrlashuv marosimini tashkil etishni rejalashtirmoqda.

«Biz Ikerga «xayr» demoqchi emasmiz, biz unga «ko‘rishguncha» deb qolishni istaymiz. «Real» eshiklari Kasilyas uchun har doim ochiq», - dedi klub ma'muriyati vakillaridan biri. 

«Real» Kasilyas bilan xayrlashuv Raul yoki Guti bilan ro‘y berganidagi holatda o‘tishini istamaydi. Marosimni «Santyago Bernabeu» stadionida o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Marosimda «Real» prezidenti Florentino Peres, jamoa futbolchilari va ularning oila a'zolari ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Kasilyas 10 iyul kuni «Portu» safiga borib qo‘shilishi kutilmoqda. Avvalroq «Real» Kasilyas Portugaliya klubiga o‘tganidan so‘ng, unga har yili 4 million yevrodan pul to‘lab borishi haqida xabar berilgan edi.

Top