08:57 / 09.07.2015
3639

Uraldagi koloniyalardan birining boshlig‘i mahbuslardan biri vafot etgani tufayli hibsga olindi

Rossiyaning Sverdlovsk viloyati Nevyansk sudi 4 iyulda mahbuslardan biri o‘lgan 46-sonli koloniyaning boshlig‘ini hibsga olishga ruxsat berdi. Bu haqda Rossiya Tergov boshqarmasining viloyat bo‘yicha boshqarmasi vakiliga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

“Koloniya boshlig‘i 4 sentabrgacha qamoqqa olindi”, deb aytilmoqda tergov boshqarmasida. Yaqin orada hibsga olingan shaxsga ayblov qo‘yilishi mumkin.

4 iyul kuni 46-sonli axloq-tuzatish koloniyasida noma'lum sabablarga ko‘ra 1989 yilda tug‘ilgan mahbus vafot etgan edi. 5 iyul kuni 400 nafarga yaqin mahbus uch kun davom etgan ocharchilik e'lon qildi. OAVlar ushbu holatni mahbusning o‘limi bilan bog‘lashmoqda.

Top