00:13 / 22.07.2015
2033

Janubiy Koreya aviakompaniyalari MeRS virusi tufayli bekor qilingan barcha xalqaro reyslarni qayta boshlamoqda

Janubiy Koreyaning ikkita yirik aviatashuvchisi – Korean Air va Asiana Airlines avvalroq Yaqin Sharq respirator sindromi (MERS) avj olishi sababli Koreyada bir nechta aviareyslarni bekor qilganidan keyin Xitoy, Yaponiya va Janubi-sharqiy Osiyo davlatlariga parvozlarni amalga oshirishni qayta boshlamoqda. Bu haqda mahalliy OAVlar ma'lum qildi.

“Avgust boshiga ko‘pchilik to‘xtatib qo‘yilgan yoki bekor qilingan aviareyslar bo‘yicha parvozlar amalga oshiriladi”, deb aytdi manba Yonhap axborot agentligiga bergan intervyusida.

Manbaning aytishicha, 2015 yilning iyul-avgust oylarida Korean Air umumiy hisobda 36 ta, Asiana Airlines esa 37 ta reysni bekor kilishga majbur bo‘lgan.

Janubiy Koreyada oxirgi ikki haftada MeRS bilan kasallangan birorta ham yangi holat qayd etilmadi. Janubiy Koreya Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta'minoti vazirligining ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 20 may kunidan boshlab ushbu virus bilan kasallanganlar soni 86 tani, halok bo‘lganlar esa 36 kishini tashkil qilgan.

Top