13:59 / 22.07.2015
2681

Poroshenko Konstitutsion sud sudyasini ishdan bo‘shatdi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Ukraina Konstitutsion sud sudyasi Viktor Shishkinni lavozimidan ozod qildi. Bu haqdagi farmon prezidentning rasmiy saytida e'lon qilindi.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda prezidentning markazlashtirishni tugatish borasidagi konstitutsion o‘zgartishlarni kiritish to‘g‘risidagi loyihasi Konstitutsion sud tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. Shishkinning bo‘shatilishi shu bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Top