16:51 / 23.07.2015
7343

OAV: Putin Berluskoniga o‘zining vaziri bo‘lishni taklif etdi

Italiyadagi La Stampa nashrida yozilishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Italiyaning sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoniga Rossiya fuqaroligini hamda o‘zining vaziri bo‘lishni taklif qilgan.

Nashr varsiyasiga ko‘ra, Berluskoning o‘zi bu haqda "Olg‘a, Italiya" partiyasi vakillarining Rimdagi Consolini restoranidagi uchrashuvi vaqtida aytib bergan.

"O‘ylaymanki, Italiyada meni siyosiy doiralarga sig‘dirishmadi. Putin esa menga Rossiya fuqaroligi va Iqtisodiyot vaziri lavozimini taklif qildi", degan Berluskoni.

Qayd etish joizki, Rossiyada "Iqtisodiyot vaziri" lavozimi mavjud emas va Berluskoni o‘z gapi bilan nimani nazarda tutganiga oydinlik kiritilmagan.

Biroz oldinroq, bu siyosatchiga poraxo‘rlik uchun 3 yillik qamoq jazosi tahdid solayotgani haqida xabar berilgandi.

Top