23:41 / 24.07.2015
8663

Ta'til o‘tkazish uchun dunyoning eng qimmat davlatlari nomi aytildi

Buyuk Britaniyaning statistik ma'lumotlar milliy instituti Office for National Statistics mavsumning eng qimmatbaho sayyohlik yo‘nalishlari reytingini tuzib chiqdi. Bu haqda The Independent nashri xabar bermoqda.

Ekspertlar sayyohlar orasida ommalashgan davlatlarda sayyohning bir kuni necha pulga tushishini hisoblab chiqishdi. Natijada mutaxassislar 2015 yilda xordiq chiqarish uchun eng qimmatbaho davlat Karib dengizida joylashgan Barbados degan xulosaga kelishdi. Sayyohlar bu davlatda kuniga 168 dollar sarflashlariga to‘g‘ri keladi.

2-o‘rindan BAA joy oldi, bu yerda o‘tkazilgan bir kun 156 dollarga tushar ekan. 3-o‘rinni Chexiya va Avstriya bo‘lishdi. Bu yerdagi bir kun 142 dollarga aylanadi. Keyingi o‘rinlarni Shveytsariya (140 dollar) va Belgiya (136 dollar) egalladi.

AQSh va Lyuksemburgga tashrif buyurgan sayyohlar kuniga 134 dollar sarflashlari ma'lum bo‘ldi. Yuqori o‘ntalikning 9- va 10-o‘rinlarini mos ravishda Niderlandiya (125 dollar) va Gonkong (120 dollar) egalladi.

Mutaxassislar reytingni tuzishda mehmonxona narxi va an'anaviy sarf-xarajatlarni hisobga olishdi.

Top