13:40 / 25.07.2015
2518

Olma-Otada yengil avtomobil va yuk mashinasining to‘qnashishi natijasida 9 nafar odam halok bo‘ldi

Qozog‘istonning Olma-Ota viloyatida yengil avtomobil hamda yuk mashinasining to‘qnashib ketishi natijasida 9 nafar odam halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda TASS.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 9 nafar yo‘lovchini olib ketayotgan Mitsubishi Lancer avtomobili qarama-qarshi yo‘lga chiqib, FAW yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketadi.

Haydovchi va 8 nafar yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgan.

Bundan tashqari, Mitsubishi Lancer’ning bir nafar yo‘lovchisi hamda yuk mashinasining haydovchisi va yo‘lovchisi turli xildagi jarohatlar bilan shifoxonaga joylashtirilgan. 

Top