15:32 / 28.07.2015
3888

Kemeron shotlandiyaliklarga mustaqillik haqida o‘ylab ko‘rishga 5 yil berdi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron 2020 yilgi umumxalq saylovlariga qadar Shotlandiyada mustaqillik haqida navbatdagi referendum bo‘lib o‘tilishi ehtimolini inkor qildi. Bu haqda The Telegraph nashri yozmoqda.
Ikkinchi plebissitni o‘tkazish tashabbusi bilan davlat rahbariga Shotlandiya milliy partiyasi yetakchisi Nikola Sterjyen murojaat qildi.
“Referendum qonun kuchiga ega, uning yakunlari muhim ahamiyatga ega, shu bois men yana bir referendum o‘tkazishga ehtiyojni ko‘rmayapman”, – dedi Kemeron.

Top