14:42 / 30.07.2015
2292

Nepal g‘arbida yer ko‘chkisi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi

30 iyul kuni Nepalda kamida 15 kishi yer ko‘chishi qurboni bo‘ldi. Bu haqda mahalliy Hindu nashri xabar bergan.

Nepal ichki ishlar vazirligida xabar qilinishicha, Lumpe qishlog‘ida 11 kishi, Dudxe qishlog‘ida esa 4 kishi halokat qurboniga aylangan. Har ikki qishloq ham mamlakat poytaxti Katmandudan 200 km g‘arbdagi tog‘li hududda joylashgan.

Ayni vaqtda bu hududlarga qutqaruvchi guruhlar yetib borgan.

Qayd etish joiz, oxirgi hafta davomida Hindistonning katta qismida va Nepalning butun hududi bo‘ylab kuchli yomg‘irlar yog‘ishda davom etmoqda.

Top