12:56 / 30.07.2015
3245

Roskosmos Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan XKSga sentabr va oktabr oylarida amalga oshiriluvchi parvozlar sanalarini ma'lum qildi

Roskosmos yaqin orada Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan Xalqaro koinot stansiyasiga amalga oshiriluvchi parvozlar sanalarini ma'lum qildi. 2 sentabrda XKSga “Soyuz TMA-18M” boshqariluvchi transport kemasi, 1 oktabrda esa “Progress M-29M” yuk kemasi parvoz qiladi. Bu haqda 28 iyulda Roskosmos matbuot xizmatining xabarida ma'lum qilindi.

Bundan tashqari, 11 sentabrda Yevropa navigatsiya tizimining Galileo kosmik qurilmasini fazoga olib chiquvchi “Soyuz-ST” raketasi uchiriladi.

Roskosmos kemalar uchirilishi jadvalini aprel oyida uchirilgan “Progress M-27M” yuk kemasining falokatga uchrashi sababli qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘ldi. Kemani mo‘ljallangan orbitaga olib chiqishning uddasidan chiqilmagan va kema may oyida atmosferaning zich qatlamlarida yonib ketgan.

Ushbu falokatdan keyin XKSga 3 iyulda “Progress M-28M” yuk kemasi jo‘natilgan. 23 iyulda esa stansiyaga uch nafar fazogirni olib chiqqan “Soyuz TMA-17M” boshqariluvchi kemasi uchirilgan.

Top