21:42 / 31.07.2015
3821

Belgiya shahzodasi uylanish evaziga taxtdan voz kechdi

Belgiya shahzodasi Amedeo uylangani sababli taxtga o‘tirish huquqidan mahrum etildi, deb xabar bermoqda The Times nashri. Shahzoda 2014 yilning iyulida uylangan, biroq bu bilan bog‘liq yangi tafsilotlar endigina paydo bo‘ldi.

Amedeo italiyalik akristokrat Elizabetta Mariya Rosbox fon Volkenshtaynga uylangan. To‘y marosimi Rimda bo‘lib o‘tgan, to‘yda shahzodaning amakisi qirol Filipp ham ishtirok etgan. Aniqlanishicha, Amedeo nikoh qurishga rasmiy ruxsat olmagan va bu holat uning taxtga vorislik qilish huquqidan mahrum etadi. Shahzoda taxt uchun navbatda 6-raqamli voris edi.

Manbalarning aytishicha, Amedeo o‘z rafiqasi bilan mustaqil hayot kechirish va rasmiy majburiyatlardan xoli bo‘lish uchun ataylab taxtga egalik qilish huquqidan voz kechgan.

Juftlik hozirda Nyu-Yorkda yashamoqda.

Top