07:13 / 31.07.2015
2338

Google havo sharlari yordamida Shri-Lankani internet bilan ta'minlamoqchi

Google Shri-Lanka aholisini yuqori tezlikdagi internet bilan ta'minlamoqchi. Internetga ulanish Hind okeani uzra uchiriladigan havo sharlaridan amalga oshiriladi. Bu haqda Yahoo News xabar bermoqda.

“Butun Shri-Lanka oroli janubdan shimolga tomon Google Loon uslubi yordamida yuqori tezlikdagi internet bilan ta'minlanadi”, deb aytdi Shri-Lanka yuqori texnologiyalar vaziri Mangala Samareveyera. Shu tariqa Shri-Lanka Janubiy Osiyodagi internet bilan to‘liq qamralgan birinchi davlatga aylanadi.

Havo sharlariga, shuningdek, mahalliy internet-provayderlar ham ko‘rsatilayotgan aloqa xizmatlarining tezligi va sifatini oshirish uchun ulanadi.

2016 yilning martigacha havo sharlarini tayyorlash ishlari o‘z yakuniga yetadi. Ular tijoriy samolyotlar uchadigan balandlikdan 2 barobar kattaroq balandlikka ko‘tariladi.

Shri-Lanka aholisini internetga chiqish bilan ta'minlash Project Loon dasturining bir qismi hisoblanadi. Bu dastur doirasida Google quyosh batareyalaridan quvvatlanuvchi yuqori texnologik qurilmalar bilan jihozlangan havo sharlaridan internet ulashadi. Google’da ta'kidlanishicha, ushbu loyiha sayyoramizning yetib borish qiyin bo‘lgan va kambag‘al mintaqalari aholisi uchun internetga chiqishni taqdim qiladi.
Internet tezligi 3-avlod mobil tarmoqlaridagi kabi tezlikda bo‘ladi.

Top