21:32 / 31.07.2015
5036

Orenburg bojxonachilari O‘zbekistondan Rossiyaga mevalar olib ketayotgan uchta yuk mashinasini ushlab qoldi

30 iyul kuni O‘zbekistondan Rossiyaga mevalar olib ketayotgan uchta yuk mashinasi Qozon-Orenburg-Qozog‘iston chegarasi federal trassasining 730-kilometrida ushlab qolindi, deb xabar bermoqda Pivoljye bojxona boshqarmasi.

Bojxonachilar mahsulotlarning o‘ziga e'tiroz bildirmaganlar, biroq yuk mashinalari Rossiya hududi bo‘ylab Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi qonunchiligini buzgan holda harakatlangani e'tirozga sabab bo‘lgan. Yuk mashinalari, hujjatlarga ko‘ra, Bojxona ittifoqining hududiga Qozog‘istonga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish uchun vaqtinchalik kiritilgan. Yuk mashinalarining oxirgi manzili Oqbote shahri qilib ko‘rsatilgan. Biroq yuk shu transport vositalari bilan Rossiya tomonga yo‘naltirilgan.

Shu sababli mashinalar xalqaro hudud bo‘ylab emas, balki Bojxona ittifoqi hududi bo‘ylab ichki tashishni amalga oshirganlar. Haydovchilarga jarima solindi.

Top