20:55 / 31.07.2015
2794

Toshkentda hujjatga ega bo‘lmagan 5 ming dollarlik avtomobil ehtiyot qismlari ushlab qolindi

Toshkentda hujjatga ega bo‘lmagan 5 ming dollarlik avtomobil ehtiyot qismlari ushlab qolindi. Bu haqda “Ogoh” gazetasi xabar bermoqda.
1987 yili Toshkent shahrida tug‘ilgan Abubosit Mirpo‘latov, kollejni tamomlagach, turli ishlar bilan shug‘ullanib yurib, asosan olib sotish hisobiga tirikchilik qilib yurgan. Bir kuni “Abu Sahiy” bozoridagi tanishlaridan biri unga arzon garovga avtomobil ehtiyot qismlarini yetkazib berishini ma'lum qildi. Mirpo‘latov tegishli to‘lovlarni amalga oshirdi.
2015 yilning aprelida yuklar bozorga kelib tushdi. Mirpo‘latov ularni ikkita mashinaga ortib olib ketayotganida bojxona xodimlari tomonidan to‘xtatildi. Tekshiruv chog‘ida yuklarning hech qanday hujjatlari yo‘q ekanligi aniqlandi. Natijada yuklar musodara qilindi. Mirpo‘latov esa javobgarlikka tortildi.

Top