09:16 / 03.08.2015
6054

Poroshenko: Putin Finlyandiya va Boltiqbo‘yiga bostirib kirishi mumkin

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Avstriyaning Kurier nashriga bergan intervyusida Rossiya Finlyandiya va Boltiqbo‘yi davlatlariga xavf solishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Uning fikricha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin yuqoridagi davlatlarga, shuningdek, Qora dengiz bo‘yi davlatlariga hujum qilishdan ham tap tortmaydi.
“Biz Ukraina sharqida nafaqat mamlakatimiz mustaqilligi uchun, balki Yevropaning xavfsizligi va ozodligi yo‘lida kurashmoqdamiz”, – ta'kidladi u.

Top