08:41 / 04.08.2015
4488

Qirg‘izistonda 7-9 magnitudali zilzilalar kutilmoqda

Qirg‘iziston Fanlar Akademiyasi seysmologiya instuti ekspertlari 2015 yili butun mamlakat hududida seysmik faollikning oshishini kutmoqda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, Janubiy Qirg‘izistondagi eng xavfli hududlar O‘sh va Batken viloyatlarining Tojikiston va XXR bilan chegaradosh tumanlari bo‘lib, ularda 7-9 balli silkinishlar sodir bo‘lishi mumkin.

Ikkinchi o‘rinda Shimoliy Tyanshan (Issiqko‘l viloyati) va Janubiy Farg‘ona yorig‘i (O‘sh, Batken) hududlari turibdi.

Bundan tashqari, iqlim o‘zgarishlari butun mamlakat hududida tabiiy ekzogen jarayonlarning faollashuviga olib keladi, bu jarayon avgustdan boshlanadi. Havo harorati o‘zgarishlari, shamolning kuchayishi hamda kuchli yog‘ingarchilik sellar va toshqinlarga, o‘pirilishlarga olib kelishi mumkin.

Top