14:34 / 06.08.2015
2886

O‘zbek olimlari "Neyroxirurgik retraktor" qurilmasini yaratishdi

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika neyroxirurgiya ilmiy markazi olimlari "Neyroxirurgik retraktor" qurilmasini yaratishdi.

Ushbu model tibbiyot, tibbiy texnika va neyroxirurgiya sohasida foydalanish uchun mo‘ljallangan. Qurilmaning vazifasi neyroxirurgik operatsiyani amalga oshirishda qulaylik yaratishdan iborat.

Mualliflar - U.U.Altibayev, U.M.Asadullayev va G.M.Kariyevga mazkur foydali model uchun № FAP 01009 raqamli patent berildi.

Top