10:22 / 09.08.2015
2127

Arsen Venger: Biz hujumchilarni ko‘paytirishimiz emas, jamoaviy o‘yinni kuchaytirishimiz kerak

"Arsenal” klubi bosh murabbiyi Arsen Venger Terri Anrining gaplariga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.

Biroz oldinroq, Anri “Arsenal” Benzemani xarid qilsa, APLning eng kuchli jamoasiga aylanishi va YeChLda ham yaxshiroq natijalar ko‘rsatishi mumkinligini aytib o‘tgandi.

“Men Anrini juda hurmat qilaman. Ammo hamma narsaga chuqurroq nazar tashlash kerak. Futbol matematika emas. Biz hujumchilarni ko‘paytirishimiz emas, jamoaviy o‘yinga ko‘proq ahamiyat qaratishimiz kerak. Kimdir kelib, barcha gollarni bir o‘zi urib bera olmaydi”, - deydi Venger.

Top