19:45 / 10.08.2015
11357

Dubayda cho‘kayotgan qizning otasi qutqaruvchilarga qiziga tegishga izn bermagani sabab qiz cho‘kib ketdi

Dubay plyajlaridan birida 20 yoshli cho‘kayotgan qizga yordam bergani oshiqayotgan qutqaruvchilarga uning otasi ular qo‘llari bilan tegib qizining “tahqirlashlariga” yo‘l qo‘ymagani sabab cho‘kib ketdi. Bu haqda Emirates247 nashri xabar bermoqda.

Dubay politsiyasining qidiruv-qutqaruv departamenti direktori o‘rinbosari Ko‘l Ahmad Burkibaning nashrga aytishicha, kelib chiqishi osiyolik bo‘lgan erkak (ismi aytilmagan) o‘z oilasini plyajga piknikka olib kelgan. Uning qizlaridan biri cho‘milish paytida cho‘ka boshlagan, biroq uning otasi unga yordamga oshiqayotgan ikki qutqaruvchiga ular o‘z qo‘llari bilan qiziga tegishini o‘ylab, ularning yo‘lini to‘sgan. U o‘z qizini “tahqirlangandan” ko‘ra, o‘lik holda ko‘rishni afzal bilishini aytgan. 

Burkibaning aytishicha, qizning otasi baquvvat bo‘lgani sabab qutqaruvchilar unga ancha vaqt qarshilik ko‘rsatishlariga to‘g‘ri kelgan. Ular oxir-oqibat uning qarshiligini yengib, qizning yoniga yetib kelganlarida vaqtdan ancha boy berganlari sabab qizni qutqara olishmagan.

“Bu voqeani men hech esimdan chiqara olmasam kerak. Bu holat meni va boshqa kishilarni karaxt holga soldi”, deb ta'kidlamoqda Burkiba. Uning aytishicha, qizni qutqarib qolish uchun barcha imkoniyat bo‘lgan, chunki u qutqaruvchilardan uncha uzoqda bo‘lmagan.
Politsiyachining aytishicha, qizning otasi o‘z xizmat burchini ado etayotgan qutqaruv xizmati xodimlariga qarshilik ko‘rsatgani uchun hibsga olindi. U Dubay sudi oldida o‘z qilmishi uchun javob beradigan bo‘ldi.

Top