14:08 / 10.08.2015
3774

Sankt-Peterburgda sanktsion mahsulotlarning yo‘q qilinishiga qarshi norozilik aksiyasi o‘tkazildi

Sankt-Peterburg shahrida sanktsion mahsulotlarning yo‘q qilinishiga qarshi norozilik piketi o‘tkazildi. Shahar aholisi vakillari qo‘llarida transparantlar bilan ko‘chalarga chiqishdi.

Ma'lumki, Ikkinchi Jahon urushi yillarida shahar 900 kunlik qamalni boshdan kechirgan. Shu bois Peterburgda nonga va boshqa mahsulotlarga hurmat bilan qarash urf bo‘lgan. Mana shunday qiyinchiliklarni boshdan kechirib, ochlikdan aziyat chekkan shaharda oziq-ovqatning yo‘q qilinishi shaharliklarning noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Namoyish faollari bu mahsulotlarni yo‘q qilgandan ko‘ra muhtojlarga tarqatish zarur ekanligini aytmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda piket joyidan olingan fotosuratlar e'lon qilindi. Ulardan ma'lum bo‘lishicha, aksiyalarda barcha yoshdagi insonlar, ham yoshlar, ham keksalar ishtirok etgan.

Top