22:05 / 11.08.2015
2403

«Stok Siti» Shakirining transferini e'lon qildi

"Bavariya" va "Inter" jamoalarining sobiq shveysariyalik futbolchisi Sherdan Shakiri Angliyaning «Stok Siti» jamoasi a'zosiga aylandi.

«Stok Siti» bu 23 yoshli yarii himoyachi uchun "Inter"ga 12 million yevro to‘lagan va o‘z tarixidagi eng qimmat xaridga qo‘l urgan.

Eslatib o‘tamiz, Shakiri «Stok Siti»ning 9 avgust kuni "Liverpul"ga qarshi o‘yinini tribunadan turib kuzatgandi.

Ma'lumot uchun, Shakiri o‘tgan mavsumda "nerazzurilar" safida 15 o‘yinda ishtirok etib, 1ta gol urgan va 2ta golli pas muallifi bo‘lgan.

Top