14:33 / 12.08.2015
2271

Eron TIV rahbarining Moskvaga tashrifi sanasi ma'lum bo‘ldi

Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif 17 avgust kuni Rossiya poytaxti Moskvaga tashrif buyuradi. Bu haqda RIA «Novosti» Eronning Rossiyadagi elchixonasi bergan ma'lumotlarga tayanib xabar tarqatdi.

«U dushanba kuni keladi. Vazir Moskvada Lavrov bilan ko‘rishishni maqsad qilgan. Hozircha boshqa uchrashuvlar rejaga kiritilmagan, biroq bu borada muzokaralar davom etmoqda», — deyiladi diplomatik korpus xabarida.

Elchixonaning qayd etishicha, Zarif Moskvada faqat bir kun bo‘ladi.

Top