Toshkentlik 1987 yili tug‘ilgan Leonid Sergeyev giyohvand moddalar saqlaganlikda ayblanib sudlandi. Bu haqda “Ogoh” gazetasi yozmoqda.
Aytilishicha, Sergeyev internetdagi saytlar orqali uy sharoitida marixuana tayyorlashni o‘rgangan. So‘ng u Sirg‘ali tumanining bir chetida yovvoyi holda o‘sayotgan nasha o‘simligidan o‘ziga kerakli moddalarni ajratib olib, uyiga olib ketmoqchi bo‘lgan. Ammo “O‘zgarish” postida u huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Uning yonidan 952.16 gr giyohvand modda topildi.