15:59 / 12.08.2015
2145

O‘tgan hafta mobaynida O‘zbekiston hududida 271ta yong‘in sodir bo‘ldi

O‘tgan hafta mobaynida O‘zbekiston hududida 271ta yong‘inlar sodir bo‘lganligi qayd etilgan.

Turli sabablarga ko‘ra sodir bo‘lgan yong‘inlarda 5 nafar fuqaro tan jarohatlari olgan. Ushbu yong‘inlarda 1 mlrd 31 mln so‘mdan ortiq qurilish materiallari va 802 mln so‘mga yaqin moddiy boyliklar yong‘indan saqlab qolingan.

Toshkent viloyati Yuqori-Chirchiq tumanida yashovchi J.To‘xtaboyevning uyida elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘ldi. Natijada uyning 100 kv. metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan.

Samarqand viloyati Samarqand shahrida yashovchi fuqaro A.Fozilovning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 70 kv. metr maydonda hamda yong‘in qo‘shnisining uyiga o‘tib 12 kv. metr maydonda tom qismlari yonib zararlangan.

Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi T.Maxamatkarimovning uyida elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘ldi. Natijada uyning 120 kv. metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan.

Ushbu holatlar beparvolik va e'tiborsizlik tufayli sodir bo‘lmoqda.

Top