21:20 / 14.08.2015
2666

Qirg‘iziston YaIMi yarim yil ichida 7,1 foizga oshdi

Qirg‘iziston yalpi ichki mahsuloti dastlabki baholashlarga ko‘ra 2015 yilning yanvar-iyul oyida 210,9 mlrd so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7,1 foizga oshgan. Bu haqda KirTAG axborot agentligi ma'lum qilmoqda.

YaIM o‘sishi asosan qayta ishlash sanoati (YaIM o‘sishining 42,6 foizi), savdo (9,8 foiz) va qurilish (8,9 foiz) evaziga ta'minlandi.

“Qumtor” konini o‘zlashtirish YaIM o‘sishida 4,5 foizni tashkil qildi.

2014 yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan YaIM tarkibidagi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi tarmoqlar ulushi 2,2 foizga (sanoat hisobiga) oshib, 35,8 foizni, xizmatlar ko‘rsatuvchi tarmoqlar ulushi esa, aksincha, 0,9 foizga pasayib, 50,7 foizni tashkil qildi.

YaIM deflyatori (iqtisodiyotning barcha tarmoqlarining jami indeksi) 2014 yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan 105 foizni tashkil qildi.

Top