16:35 / 15.08.2015
3326

Berdimuhamedov Ashxobod hokimini bo‘shatdi

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov poytaxt shahar Ashxobod hokimi Rajapgeldi Nurmammedovni ishdagi kamchiliklar tufayli lavozimidan ozod qildi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar berdi.
Turkmaniston oliy nazorat palatasi tekshiruvi chog‘ida poytaxtni obodonlashtirish ishida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar aniqlangan.
Nurmammedov 2013 yildan buyon Ashxobod hokimi edi.
Berdimuhamedovning farmoni bilan uning o‘rnini Murotniyoz Abilov egalladi.

Top