14:05 / 16.08.2015
2729

Tramp AQShdan noqonuniy muhojirlarni quvib chiqarmoqchi

Amerikalik siyosatchi va milliarder Donald Tramp NBC telekanaliga bergan intervyusida prezidentlikka saylangan taqdirda mamlakatdan barcha noqonuniy muhojirlarni quvib yuborishga va'da berdi.
“Ular ketishi kerak”, – ta'kidladi u.

“Biz ular bilan ishlaymiz, – so‘zida davom etdi Tramp. – Bizda mamlakat yo bo‘ladi, yo bo‘lmaydi”.
Ilgariroq u Hillari Klintonning davlat yozishmalarini shaxsiy pochta orqali olib borganligini tanqid ostiga olib, uni “mamlakat tarixidagi eng yomon davlat kotibi” deb atagan edi.

Top