19:44 / 17.08.2015
3504

Apple kompaniyasi ko‘proq ayol xodimlarni ishga yollamoqda

Apple kompaniyasi ayollarni ko‘proq ishga ola boshladi, biroq ularning kompaniya tarkibidagi ulushi kam darajada o‘sdi, deb xabar bermoqda kompaniyaning xodimlar strukturasidagi demografik hisobotini o‘rgangan ComputerWorld muxbirlari.

O‘tgan yil davomida Apple’ga butun dunyo bo‘ylab 11 ming nafar ayol kelib qo‘shildi, bu 2013 yildagiga nisbatan 65 foiz ko‘proqni tashkil qildi. 2015 yilning birinchi yarmida kompaniyada ish boshlagan xodimlarning 50 foizga yaqini ozchilikni tashkil qilgan kamchiliklar (ayollar, qora tanlilar, lotin amerikaliklar va tub hindular) vakillari bo‘lgan.

2014 yil sentabr oyi holatiga ko‘ra, Apple’ning to‘liq kun ishlaydigan xodimlari soni 92,6 ming kishini tashkil qilgan. Ayollarning faol tarzda ishga jalb qilinishiga qaramasdan, ularning korporatsiyadagi xodimlar umimiy miqdoridagi ulushi 2014 yildan 2015 yilgacha bor-yo‘g‘i 1 foizga, ya'ni 30 foizdan 31 foizgacha oshgan. Apple’da oq tanli va osiyolik mutaxassislar ulushi 77 foizdan 78 foizgacha o‘sgan.

Qayd etish joizki, Apple Kremniy vodiysidagi o‘z ishchi kuchining turfaligi va tenghuquqligi masalalari haqida qayg‘urib, o‘zining demografik strukturasi haqida muntazam hisobotlar chop etuvchi yagona kompaniya emas. Intel buni 2002 yildan beri amalga oshirib keladi.

2015 yilning birinchi yarmida protsessorlar ishlab chiqaruvchi gigant o‘zining AQShda ishga olinayotgan umumiy xodimlari miqdorida ozchilikni tashkil qilgan kamchiliklar vakillari ulushini o‘tgan yilning oxiridagi 32 foizdan 43 foizgacha oshirgan. Shu kabi hisobotni Google va Facebook kompaniyalari ham olib boradi.

Top