00:37 / 17.08.2015
2695

Iroq bosh vaziri 11 ta vazirlik lavozimini qisqartirdi

Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiyning farmoni bilan mamlakatdagi bar qator davlat lavozimlari va vazirliklar qisqartirildi.

“Umummilliy manfaatlardan kelib chiqib va Iroq konstitutsiyasining 78-moddasiga muvofiq, vakillar kengashi roziligi bilan vazirlar kengashi a'zolari sonini, bosh vazirdan tashqari, hozirdagi 33 tadan 22 tagacha kamaytirishga qaror qilindi”, deyilmoqda farmonda.

Bu qaror bosh vazir tomonidan taklif qilingan hamda hukumat va parlament tomonidan ma'qullangan islothotlarni amalga oshirish davomida qabul qilindi.

Top