18:41 / 17.08.2015
4702

Turkiya mehmonxonalari xona buyurtma qilishni bekor qildi

Mamlakatda yuzaga kelgan vaziyat tufayli Turkiyaning turistik shaharlarida joylashgan mehmonxonalar xonalar buyurtmasini vaqtinchalik bekor qildi. Bu haqda Qozog‘iston telegraf agentligi mahalliy matbuotga tayangan holda ma'lum qilmoqda.

2015 yilning ikkinchi choragida Turkiyada turizm sohasidan keladigan daromad o‘tgan yilning shu davriga nisbatan keskin tushib ketdi. Daromadlar 13.8 foizga qisqarib, 7.733 mlrd dollarni tashkil qilgan.
Bu mablag‘ning 5.95 mlrd dollarlik qismi xorijlik turistlar ulushi bo‘lsa, 1.77 mlrd dollarlik daromad chet elda yashayotgan turkiyaliklarga to‘g‘ri keladi.

2014 yili Turkiya turizmdan 34.305 mlrd dollar daromad ko‘rgan edi. Bu 2013 yildagidan 6.2 foizga ko‘proqdir.

Top