15:09 / 18.08.2015
3073

2014 yilda Qozog‘istonda ushlab qolingan barcha yoqilg‘i-moylash materiallari Qirg‘izistonga yetkazildi

2014 yilda Qozog‘istonda ushlab qolingan barcha yoqilg‘i-moylash materiallari Qirg‘izistonga yetkazildi. Bu haqda Qirg‘iziston neft treyderlari uyushmasi bayonotiga tayangan holda Sputnik Qirg‘iziston agentligi xabar berdi.
2014 yil aprelidan buyon Qozog‘iston bojxona xizmati Rossiyadan Qirg‘izistonga olib ketilayotgan yoqilg‘i-moylash materiallari yuklangan barcha vagonlarini ushlab qolayotgan edi. Bunga asos sifatida Qozog‘iston hukumatining bunday turdagi mahsulotlarni olib o‘tishga nisbatan cheklov o‘rnatish haqidagi qarori ko‘rsatilgan edi. Shuningdek, yuklarning hujjatlari noto‘g‘ri rasmiylashtirilgani aytilgan edi.
2015 yil iyul va avgust oylari o‘rtasida Qirg‘iziston temir yo‘llari stansiyalariga neft mahsulotlari yuklangan 400 vagon olib kelindi. Ayni paytda neft treyderlari mahsulotning hajmi va sifatini tekshiruvdan o‘tkazmoqda.

Top