14:57 / 18.08.2015
4630

Navoiylik qiz yo‘lto‘sarlikda, o‘g‘rilik, qalloblikda va bolasini sotib yuborganlikda ayblanib sud qilindi

Navoiy sudi yo‘lto‘sarlik, o‘g‘rilik va qalloblikda ayblanayotgan Fozila ismli qizning ishini ko‘rib chiqdi. Tergov davomida aniqlanishicha, qiz ayni paytda fohishalik ham qilib kelgan. Uning jinoiy qilmishlari “Na postu” gazetasida yoritib berildi.
Aniqlanishicha, Fozilaning onasi Husniya, eri bo‘lishiga qaramay, fohishalik bilan shug‘ullanib kelgan. Unga mijozlarni qo‘shni ayol Maqsuda topib bergan.

Fozila ulg‘aygach, endi onasi uning tanasini sotib pul topa boshlagan. Bundan tashqari, qiz ko‘chadagi o‘rtoqlari bilan birga yo‘lto‘sarlik va o‘g‘rilik qilgan va buning uchun hatto bir marotaba sudlangan. U boyroq “mijoz”larning hamyonini o‘mara boshlagani bois onasi qizini uyidan haydab yuborgan.

Ko‘chada Fozila Narimon ismli yigit bilan tanishib qolgan. Ular birgalikda “mijoz ovlash” bilan shug‘ullanishgan: qiz o‘zini ko‘z-ko‘z qilib, erkaklarni kerakli joyga eltgan, u yerda Narimon omadsiz “mijoz”larning pullarini tortib olgan.
Bu xatti-harakatlari uchun yana sudlangan Fozila bu safar homilador bo‘lib qolgani bois amnistiya bilan ozod qilingan.

Ammo u tug‘ilgan bolasini noma'lum ayolga 300 ming so‘mga sotib yuborgan. Bundan tashqari, bolalar maydonchasiga borib, mitti qizaloqlarning bo‘ynidagi va quloqlaridagi tilla buyumlarni o‘g‘irlash bilan shug‘ullana boshlagan. Qizlarning ota-onalari yozgan shikoyat arizalari ko‘rib chiqilib, jinoyatchi qiz qo‘lga olingan.

Top