18:19 / 19.08.2015
3100

Tailand Bangkokdagi teraktlarda uyg‘urlarni ayblamoqda

Tailand maxsus xizmatlari Bangkokdagi teraktlarni uyg‘ur terrorchilari uyushtirgan bo‘lishi mumkin deb hisoblamoqda. Bu haqda The Bangkok Post nashri xabar bermoqda.

Taxmin qilinishicha, qo‘poruvchilik aynan xitoylik turistlarga qarshi qaratilgan. Motivlardan biri sifatida iyul oyida XXRga 109 nafar uyg‘ur qochqinlarining deportatsiya qilingani ko‘rilmoqda. Bu voqea tailandlik musulmonlar va huquq himoyachilarining ommaviy noroziligini keltirib chiqargan edi.

Aytilishicha, ikki hafta muqaddam Xitoy elchixonasi politsiyadan diplomatik missiyani qo‘riqlash chora-tadbirlarini oshirishni so‘ragan edi. Maxsus xizmatlar, o‘z navbatida, xitoylik turistlarga hujumlar uyushtirilishi mumkinligidan ogohlantirgan edi.
Ma'lum bo‘lishicha, ayni paytda politsiya Bangkokning uyg‘ur mahallasida jinoyatchini qidirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 17 avgust kuni Bangkokda sodir bo‘lgan portlash oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi, ulardan 6 nafari xitoyliklar edi.

Top