11:04 / 20.08.2015
3873

21 nafar bemor bola davolanish uchun Germaniyaga jo‘nab ketishdi

19 avgust kuni 21 nafar bemor bolalar “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi vakili hamrohligida Germaniyaga jo‘nab ketishdi.

2002 yilda “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Germaniyaning “Friedensdorf International” xalqaro tashkiloti birgalikda uch tomonlama hamkorlik bitimi imzolangan. 2002-2015 yillar davomida 12 yoshgacha bo‘lgan 294 nafar O‘zbekistonlik bemor bolalar terining kuyish asoratlari, tug‘ma qo‘l-oyoq bo‘g‘imlari va boshqa tashxislar bilan Germaniyaning nufuzli klinikalarida davolanishdi.

Ushbu xalqaro tashkilotning grant mablag‘i hisobiga 2015 yilning shu davriga qadar respublika bo‘yicha jami 150 nafar tug‘ma lab tanglay nuqsoni bo‘lgan nogiron bolalarda jarrohlik operatsiyalari o‘tkazildi va ular sog‘lomlashtirildi.

2015 yil shu davriga qadar “Chiroyli oyoqchalar” loyihasi doirasida tug‘ma oyoq nuqsoni (maymoqlik) va “Qiyshiq bo‘yin” tashxisi bilan 15 yoshgacha bo‘lgan 150 nafar bemor bolalarda jarrohlik amaliyotlari o‘tkazilib, sog‘lomlashtirildi.

Top