06:29 / 21.08.2015
3960

OAV: Pxenyan mudofaa bo‘yicha davlat qo‘mitasini shoshilinch tarzda yig‘ilishga chaqirdi

Shimoliy Koreya markaziy televideniyesi Pxenyan Janubiy Koreya chegarasida “jiddiy voqelar” yuz bergani bilan bog‘liq tarzda mudofaa bo‘yicha davlat qo‘mitasini shoshilinch tarzda yig‘ilishga chaqirganini ma'lum qildi. Bu haqda mahalliy OAVlarga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi xabar berdi.    

Xabarda Pxenyan Seuldan 48 soat ichida u tomondan “Shimoliy Koreyaga qarshi olib borilayotgan psixologik urushni bas qilishni va chegara oldida o‘rnatilgan ovoz karnaylarini olib tashlashni” talab qilgani aytilmoqda.

Janubiy Koreya 11 yil mobaynida birinchi marta Shimoliy Koreya bilan chegarada Pxenyan siyosatiga qarshi karatilgan xabarlar aytilib turuvchi ovoz karnaylarini yoqdi, shundan keyin Shimoliy Koreya tomondan Janubiy Koreya tomonga o‘t ochildi. 

Top