09:27 / 21.08.2015
4614

Olimlar haydovchilarning fe'l guruhlarini aniqlashdi

London iqtisodiy va siyosiy fanlar maktabi Goddear kompaniyasi bilan hamkorlikda tadqiqot o‘tkazib, haydovchilarni fe'l-atvoriga ko‘ra guruhlarga bo‘lib chiqishdi. Tadqiqot yevropalik haydovchilardan tuzilgan fokus-guruhlarda olib borildi.
Haydovchilar yetti guruhga bo‘lindi. Ulardan birinchisi “o‘qituvchilar”dir.

“O‘qituvchilar”ga boshqa haydovchilar o‘z xatolarini tushunishi muhim. Bundan tashqari, ular boshqa haydovchilarga aql o‘rgatib, evaziga minnatdorchilik kutadi.
“Bilag‘onlar”ning fikricha, undan boshqa haydovchilar hech narsani tushunmaydi. Bu guruh vakillari o‘z mashinalaridan chiqmagan holda yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilariga baqirishini xush ko‘radi.

“Raqobat ishqibozlari” doimo boshqalardan o‘zib ketishga intilishadi, agar ularga to‘sqinlik qilinsa, bunga norozilik bildirishadi. Ular oldindagi mashina bilan o‘rtaliq masofani imkon qadar kam saqlab, boshqalarning suqilib olishiga imkon qoldirmaslikka harakat qiladi.

“Jallodlar” turli usullar bilan noto‘g‘ri harakat qilgan haydovchilarni jazolashga harakat qiladi. Kelishmovchilik yuzaga kelganda ular mashinasidan tushib, raqibi bilan janjallashib ketadi.
“Faylasuflar” boshqa haydovchilarning noto‘g‘ri xatti-harakatlariga e'tibor qaratishmaydi va hatto o‘zlaricha to‘g‘ri tushunishga intilishadi. “Tahdiddan qochuvchilar” o‘zlari xavfli deb sanagan haydovchilardan uzoqroq yurishga harakat qilishadi. “Qochoqlar” esa yo‘lda bo‘layotgan ishlarga aralashishni yoqtirmaydi va sekinlik bilan bir chekkadan ketaveradi.

Top