00:07 / 23.08.2015
2357

Putin Moskva ippodromida prezident sovg‘asi uchun ot poygalari o‘tkazilishi haqidagi farmonni imzoladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 12 sentabrda Markaziy Moskva ippodromida prezident sovg‘asi uchun ot poygalari o‘tkazilishi haqidagi farmonni imzoladi.   

“2015 yilning 12 sentabrida Markaziy Moskva ippodromida Rossiya Federatsiyasi prezidenti sovg‘asi uchun nasldor mingi otlarda ot poygasi o‘tkazilsin”, deyilmoqda hujjatda.

Poygalarga tayyorgarlik ko‘rish va ularning o‘tkazilishi hamda OAVlarda yoritilishi uchun javobgarlik prezident ma'muriyati, hukumat, prezident ishlari boshqarmasi va Federal qo‘riqlash xizmati zimmasiga yuklandi.

Top