08:58 / 28.08.2015
3324

Boliviyaliklar dunyodagi eng hissiyotga beriluvchan xalq sifatida tan olindi

Amerikadagi jamoatchilik fikrini o‘rganuvchi Gallup instituti dunyodagi davlatlarni xalqlarining hissiyotlarga beriluvchanligiga ko‘ra tasnifladi. Bunday reyting tashkilot saytida e'lon qilingan.

Reytingda ko‘rish mumkinki, yuqorida asosan Lotin Amerikasi davlatlari, pastda esa Sobiq Itiifoq hududida tashkil topgan respublikalar joylashgan.

Gallup instituti mutaxassislari 148 mamlakat aholisi orasida o‘tkazgan so‘rovnomalardan aniqlashicha, bu ro‘yxatda Boliviyadan keyin Salvador, Ekvador, Filippin, Nikaragua, Gvatemala, Kamboja, Kolumbiya, Kosta-Rika va Iroq joylashgan.

Ushbu reytingdagi so‘nggi o‘rinni Bangladesh egallagan. Bangladeshliklarning 37 foizigina hissiyotlarga beriluvchanligini bildirishgan. Ozarbayjon va Gruziyada esa bu ko‘rsatkich 38 foizni, Belarusda 39 foiz, Litva, Rossiya hamda Ukrainada esa 40 foizni tashkil etgan.

Shuningdek, Moldova va Qozog‘iston aholisining 41 foizigina hissiyotlarini ochiq ifoda etishi ma'lum bo‘lgan.
Dunyodagi eng jiddiy xalqlar orasida turkmanistonliklar, estonlar, qirg‘izlar (42 foizdan), tojiklar (43 foiz), latishlar (44 foiz), o‘zbekistonliklar (45 foiz) hamda armanistonliklar (46 foiz) ham qayd etilishgan.

Top