09:24 / 28.08.2015
3272

O‘zbekistonlik tvitter mikrobloglar xizmati foydalanuvchilari #Uzb24 heshtegini jahon trendiga chiqarishdi

Bugun, 28 avgust kuni o‘zbekistonlik tvitter mikrobloglar xizmati foydalanuvchilari O‘zbekiston mustaqilligining 24 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan aksiya doirasida #Uzb24 heshtegini trendga chiqarishdi.

Mazkur heshteg bir necha soniya davomida dunyo miqyosida eng ko‘p qo‘llaniluvchi so‘zlar ro‘yxatidan o‘rin egallab turdi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur aksiya bugun, 28 avgust kuni soat 16:00da o‘tkazilishi mo‘ljallangan. Tvitter mikrobloglar xizmati foydalanuvchilaridan ushbu aksiyada faol ishtirok etishini so‘rab qolamiz.

Top