16:11 / 10.09.2015
6202

Xitoy valyutasi kursi yana pasaydi

Xitoy xalq banki yuan kursini 0.22 foizga tushirdi. Bloomberg agentligining ma'lum qilishicha, Xitoy valyutasining amaldagi qiymati 1 dollarga nisbatan 6.3772 yuanni tashkil qilmoqda.

Bank of East Asia tahlilchisi Keniks Layning fikricha, Xitoy moliyaviy regulyatori kursni ushlab turishga qaratilgan xarajatlarni biroz qisqartirishga majbur bo‘lgan, negaki avgust oyining o‘zidayoq XXRning oltin-valyuta zaxiralari 93.9 mlrd dollarga qisqargan. 2015 yilning martidan deyarli o‘zgarmagan yuan kursi joriy oyda 4 foizga tushib ketdi.

Top