19:14 / 23.09.2015
2062

Slovakiya muhojirlarning navbatdagi qismini YeI bo‘ylab taqsimlash loyihasiga e'tiroz bildiradi

Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso Yevropa Ittifoqining 120 ming qochqinlarni ittifoqqa a'zo davlatlarga turar-joy bilan ta'minlash taqsimotidan norozi ekanini bildirib, bu borada shikoyat xati yozishga va'da berib o‘tdi.

Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, Slovakiya Lyuksemburgda joylashgan Yevropa Ittifoqi sudiga shikoyat yozadi.

Fitsoning qayd etishicha, uning mamlakati YeI ko‘rsatib o‘tilgan taqsimotdagi qochqinlarni o‘z mamlakatida qabul qila olmaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror o‘ta bema'ni.

Yevropa Ittifoqi chiqargan taqsimotga shu kunga qadar Chexiya, Ruminiya va Vengriya e'tiroz bildirishga ulgurgan.

Top