17:06 / 01.10.2015
11734

Dunyoning eng yaxshi 100 universiteti ro‘yxati e'lon qilindi

Britaniyaning Times Higher Education jurnali dunyoning eng yaxshi 100 universiteti ro‘yxatini e'lon qildi. Mazkur ro‘yxat THE World University Rankings 2015-16 global tadqiqoti davomida ishlab chiqilgan bo‘lib, u dunyodagi 800ta universitetni o‘z ichiga qamrab oladi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, mazkur ro‘yxatdagi kuchli o‘ntalikni AQShdagi Kaliforniya texnologiya instituti (California Institute of Technology) boshlab berdi. Keyingi o‘rinlarda mos ravishda Oksford universiteti (Britaniya), Stenford universiteti (AQSh), Kembrij universiteti (AQSh), Massachuset texnologiya instituti (AQSh), Garvard universiteti (AQSh), Priston universiteti (AQSh), London Qirollik kolleji (Britaniya), Shveytsariya federal texnologiya instituti (Shveytsariya) va Chikago universiteti (AQSh) sanab o‘tildi.
Osiyodan esa birinchi bo‘lib Singapur milliy universiteti 26- o‘rinda qayd etilgan. 42- va 43- o‘rinlarni Pekin hamda Tokio universitetlari bo‘lib olishdi. Shuningdek, Gong-Kong, Koreya Respublikasi, Xitoy va Yaponiyaning bir qator universitetlari ham kuchli yuztalikdan joy olgan. Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlari ichidan birorta ham oliygoh ushbu ro‘yxatga kira olmagan. Faqatgina Moskva davlat universiteti 161- bo‘lib tilga olingan.

Top