20:41 / 07.10.2015
3385

Venesuela o‘z iqtisodiyotidagi pasayish bo‘yicha dunyoda eng yomon ko‘rsatkichni qayd etdi

Joriy yil yakunida Venesuela iqtisodiyotdagi pasayish darajasi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etishi kutilmoqda. Bu haqda Xalqaro valyuta jamg‘armasi ma'lum qilgan.

Xabarda aytilishicha, mamlakat iqtisodiyotidagi pasayish bevosita neft narxi bilan bog‘liqligi aytilmoqda.

Dunyo iqtisodiy fondi (World Economic Outlook, WEO) taxminiga ko‘ra, Venesuela iqtisodiyotida 2015-2016 yillarda chuqur retsessiya holati saqlanib qoladi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, davlat YaIMi joriy yil yakuni bo‘yicha 10 foizga, 2016 yilda esa 6 foizga kamayadi. Inflyatsiya darajasi dunyoda eng yuqori ko‘rsatkichda, ya'ni, joriy yilda o‘rtacha 159 foizni, keyingi yil esa 204 foizni tashkil etadi.

2015 yilda iqtisodiyotida pasayish kuzatilgan davlatlar qatorida Gretsiya (-2,3 foiz), Braziliya (-3 foiz), Rossiya (-3,8 foiz) va Ukraina (-9 foiz) sanab o‘tilgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Venesuela daromadlari neft eksportidan so‘nggi yil davomida 52 foizga qisqargan bo‘lib, u mamlakat asosiy daromadlarining 95 foizini tashkil etar edi.

Top